Kay Armen
Armenuhi Manoogian (armancha: Արմենուհի Մանուկեան); 1915-yil 2-noyabr – 2011-yil 3-oktabr), oʻzining sahna nomi bilan mashhur
Kay Armen , 1940-1950-yillarda mashhur boʻlgan amerikalik-armaniyalik qoʻshiqchi edi .Uning shou-biznesdagi karyerasi deyarli oltmish yilga yaqin davom etgan; u sahnada, radio, televideniya va kinoda ishlagan. U bir nechta qo'shiqlar yozdi, tungi klublarda ijro etdi va ko'plab asarlarni yozdi.
Radio
Armen Illinoys shtatining Chikago shahrida tug'ilgan. Uning otasi Robert Manukyan, Bob Monograf deb atalgan professional kurashchi edi . U birinchi marta Tennessi shtatining Nashvill shahridagi WSM radiosida haftasiga 12 ta dasturda chiqish qildi. 1947 yilda u NBC-Blue telekanalida haftalik 15 daqiqalik Kay Armen-Qo'shiqlari nomli dasturiga ega bo'lgan edi.
Televideniya va kino
U bir qator rollarda, xususan, 1959 yilda NBC telekanalining "Sevgi va nikoh" sitkomida(komedik ko'rsatuv) va 1955 yilda "Metro-Goldwyn-Mayer" nomli Hit the Deck musiqiy filmida va 1961 yilda " Hey, Let's Twist!" filmida ekranda paydo bo'lgan. U shuningdek, "O'zing uchun yaxshi bo'l", "Mening sevgim va men" va "Senga yig'lash gunohdir" kabi qo'shiqlar muallifi bo'lgan.
Shaxsiy hayoti
Kichik Robert Manukyan (1918-yil 4-yanvar – 2002-yil 3-aprel), uning ukasi amerikalik professional kurashchi bo‘lib, 1940-yillarda Bobbi Managoff nomi bilan Milliy kurash ligasidagi faoliyati bilan mashhur bo‘lgan.
Kay Armen 2011 yilda Nyu-Yorkda 95 yoshida vafot etdi.
Filmografiya
1955: Ottavio Ferrari xonim sifatida Hit the Deck da
1959-1960: Sevgi va nikohda Sofi sifatida(televideniya, 18 qism)
1961: Hey, Let's Twist!da Angie sifatida
1980: Jimmi B. va Andreda Mama Butsicaris rolida (televideniya filmi)
1981: Paternityda Klaudiya Faynshteyn sifatida
Manbalar
uz.wikipedia.org