Kaxovka toʻgʻoni buzilishi
2023-yil 6-iyun kuni Ukrainaning Xerson viloyatidagi Rossiya nazorati ostidagi Kaxovka toʻgʻoni Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi paytida vayron boʻlib, mintaqaga „halokatli suv toshqini“ bilan tahdid soldi.
Vaziyat
2022-yilda, Xerson qarshi hujumining yakuniga koʻra, Ukraina Rossiyani oʻch olish maqsadida portlovchi moddalar bilan toʻgʻonni buzishni rejalashtirayotganlikda ayblagan, biroq rus kuchlari Ukrainaning oldinga siljishiga to‘sqinlik qilish uchun faqat Yangi Kaxovka yo‘li va ko‘prik qavatini vayron qilgan, buning natijasida baʼzi shluzlarga zarar yetkazilgan edi.
Keyingi oylarda Rossiyaning Ukraina infratuzilmasiga zarbalari natijasida bir nechta toʻgʻon urilib, aholining katta qismi suvsiz qolgan edi. Bundan tashqari Krivoy Rog shahrining toʻgʻoni raketa hujumi bilan va Oskil daryosi toʻgʻoni rus quruqlik kuchlari tomonidan vayron qilingan edi. Shuningdek, 2022-yil oktabr oyida urib tushirilgan Rossiya raketalari bilan hujumga urinish haqida xabar berilgan edi, nishon Dnestr daryosidagi toʻgʻon boʻlishi mumkin edi.
Hodisadan oldin New York Times Rossiya nazoratidagi toʻgʻon suv sathi misli koʻrilmagan darajada yuqori darajaga yetganidan keyin suv toshqini xavfi borligidan xabar qilgan edi.
Tahlil
Rossiya ham, Ukraina ham toʻgʻonni vayron qilganlikda qarshi tomonni aybladi. Toʻgʻon buzilgan paytda Rossiya nazorati ostida boʻlgan va uning suv sathi 30 yillik eng yuqori koʻrsatkichga chiqqan. Bu beparvolikmi yoki qasddanmi, nomaʼlum.
Taʼsir
Suv toshqini va evakuatsiya
Ukraina Milliy politsiyasi Ukraina nazorati ostidagi Dneprning gʻarbiy qirgʻogʻidagi barcha fuqarolarni elektr jihozlarni oʻchirib, hujjat va zarur buyumlarni olib, Mikolaivka, Olhivka, Lyovo, Tyaginka, Poniativka, Ivanovka, Tokarivka, Pridniprovske, Sadove, Korabel oroli va Xersonning bir qismiga evakuatsiya qilishni soʻradi.
Zarar tufayli suv toshqinlari paydo boʻldi, Zaporijjya atom elektr stansiyasini sovutadigan suv sathining ehtimoliy kamayishiga olib keldi.
Suv taʼminoti
Suv omboridan keladigan suv quyi oqimda janubiy Ukraina va Qrim yarim orolini va yuqori oqimdagi Zaporijjya atom stansiyasini taʼminlaydi. Rossiya davlat matbuotining xabar berishicha, Rossiya tomonidan oʻrnatilgan Yangi Kaxovka meri toʻgʻonning buzilishi tufayli Shimoliy Qrim kanalidan Qrimga keladigan suv taʼminotida „muammolar“ paydo boʻlishini aytdi.
Reaksiya
Ukraina
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy oʻzining Telegram kanalida shunday dedi:
Rossiya terrorchilari tomonidan Kaxovka GES toʼgʼonining buzilishi butun dunyo uchun ular Ukraina zaminining har bir burchagidan quvib chiqarilishi kerakligini tasdiqlaydi. Ularga bir metr ham qoldirmaslik zarur, chunki ular har bir metrdan terror uchun foydalanadilar[17].
Ukraina prezidenti devonining rahbari Andrey Yermak toʻgʻonning vayron qilinishi „ekotsid“ ekanligini aytdi.
Rossiya Federatsiyasi
Rossiya ommaviy axborot vositalari Kaxovka GESi MLRS Vilkhadan otilganini daʼvo qilib, qoʻporuvchilik uchun aybdor Ukrainani ekanligini taʼkidlamoqda.
Rossiya Federatsiyasi Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiyaning Kaxovskaya GESini buzishga aloqadorlik ayblovlarini qatʼiyan rad etishini rasman eʼlon qildi va bu holatda gap Ukraina tomonidan ataylab rejalashtirilgan qoʻporuvchilik haqida ketayotganini aytdi. Kreml voqea oqibatlari uchun javobgarlikni Kiyev rasmiylariga yuklagan.
Xalqaro hamjamiyat
Portlash paytida Ukrainada boʻlgan Britaniya tashqi ishlar vaziri James Cleverley „Bu muammoning yagona sababi Rossiyaning asossiz keng koʻlamli bosqinidir“, deya taʼkidladi. NATO bosh kotibi Jens Stoltenberg voqeani „gʻazablantiradigan“, deya taʼrifladi. Bu esa „Rossiyaning Ukrainadagi urushining shafqatsizligini“ koʻrsatishini aytdi. European Council President Charles Michel called the blowing up of a hydroelectric power plant a war crime on the part of Russia.
Manbalar
Havolalar
46°46′40″N 33°22′13″E / 46.77778°N 33.37028°E / 46.77778; 33.37028 G OKoordinatalari: 46°46′40″N 33°22′13″E / 46.77778°N 33.37028°E / 46.77778; 33.37028 G O
uz.wikipedia.org