Kavshar




Kavshar — kavsharlash jarayonida biriktiriladigan detallar orasini (tirqishni) toʻldiruvchi metall yoki qotishma; erish temperaturasi biriktiriladigan materiallarning erish temperaturasidan past boʻladi. K.ning eng keng tarqalgan asosiy komponentlari qalay, rux, mis, qoʻrgʻoshin, titan, kumush. K. erish temperaturasi boʻyicha alohida yengil eruvchan (t sh< 145°), yengil eruvchan (145<1erish<450°), oʻrtacha eruvchan (450<t sh< 1 850°), yuqori eruvchan (1100 <^”r„sh< 1100°), qiyin eruvchan (1erish< 1850°) turlarga boʻlinadi. Juda yengil va yengil eruvchan K., asosan, qalay va qoʻrgʻoshin qotishmalaridan, oʻrtacha va yuqori eruvchan K. mis — pyx va kumush qotishmalardan tayyorlanadi. Eritiladigan metall zarralar va kavsharlash vaqtida erimaydigan toʻldirgichlardan iborat boʻlgan K.ga metallokeramik K., flyus hosil qiluvchi elementlar bilan legirlanadiganini oʻzi flyuslanadigan K. deyiladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz