KAVSAR



KAVSAR (Arabcha — mo’l-ko’l) — islomga ko’ra, jannatdagi ajib bir daryo yoki hovuzning nomi. Qur’oni Karimdagi 108-sura ham “Kavsar” deb ataladi. Tafsir va hadislarda aytilishicha, Kavsar ning suvi asaldan totli, qor va sutdan oq bo’lib, undan ichgan kishi abadiy tashnalik bilmaydi. Shuningdek, qiyomat kuni Jannat nasib etgan mo’min-musulmonlar mazkur Kavsar suvidan ichishlari to’g’risida bashorat beriladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz