KAVKAZOLDI



KAVKAZOLDI — katta Kavkaz shimoli bilan Kuma-Manich botig’i orasidagi hudud. Stavropol qirlari Kavkazoldini 2 qismga — G’arbiy Kavkazoldi va Sharqiy Kavkazoldiga bo’lib turadi. G’arbiy Kavkazoldi Kuban-Azov bo’yi pasttekisligini, Sharqiy Kavkazoldi esa Terek-Kuma pasttekisligini o’z ichiga oladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Uzpedia.uz