Kavkaz xurmosi




Kavkaz xurmosi yoki oddiy xurmo ( lotincha: Diospyros lotus) — xurmodoshlar (Ebenaceae) oilasiga mansub xurmo tukumiga kiruvchi o‘simlik turi, Yevroosiyoning subtropik mintaqalarida o‘sadi.

Tarqatishi va ekologiyasi



Ushbu turning tarqalishi Yaponiyadan Xitoy va Shimoliy Hindiston orqali O‘rtayer dengizining g‘arbiy qismidan Ispaniyaga qadar yetib boradi.

Bu meva daraxti pastki va o‘rta tog‘ kamarlarida o‘sadi, Kavkazda odatda dengiz sathidan 600 m balandlikda, O‘rta Osiyoda undan balandroq - 2000 m gacha ko‘tariladi. Odatda xurmo karkas, zarang, shumtol va boshqa bargli daraxtlar bilan birga o‘sadi. U tuproqqa talabchan emas, balki tosh yonbag‘irlarida ham qad roslayveradi, lekin yorug‘liksevar, shu sababli novdalardan yaxshi tozalanadi,bu uning tanasiga ustunli ko‘rinish beradi.

O‘z tarqalishiga ko‘ra, shuningdek, AQSH va Shimoliy Afrikada yetishtiriladi.

Surxondaryo viloyati: Hisor tizmasi (To‘palang va Sangardak daryolari havzalari, Qo‘shtut, Tamshush, Xondiza qishloqlari atroflari)da tarqalgan.

Biologik tavsifi



Bu daraxtning bo‘yi 15–20 m ga yetadigan qo‘ng‘ir qora po‘stloqli daraxt.

Barglari mustahkam, qayishsimon, cho‘ziq, uzunligi 5-15 sm, kengligi 3-6 sm.

Gullari sarg‘ish-qizil, qo‘ng‘iroqsimon, ikki uyli. Changchili gullari yarimsoyabonga to‘plangan.

Gullari mayda, ko‘kimtir. Iyun-iyulda gullab, mevasi oktyabr–noyabrda pishadi.

Qo‘llanilishi



Kavkaz xurmo mevalari iste’molga yaroqli, xushxo‘r. U o‘zida ko‘p shakar, olma kislotasi va vitaminlarni saqlaydi. Bu meva pishgan, qahraton qishlarda ko‘pincha quritilgan holatda iste’mol qilinadi. Quritish va muzlagan tartibda uni xo‘rak sifatida qo‘llash ichidagi vitaminini yo‘q qiladi.

Adabiyot




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz