Kavkaz (Fabergé tuxumi)
Kavkaz tuxumi — 1893-yilda rus zargari Piter Carl Fabergé rahbarligida Mixail Perxin tomonidan yasalgan marvaridli sirlangan Pasxa tuxumi.
Kavkaz tuxumi Fabergéning rus imperatorlik oilasi uchun tayyorlagan tuxumlaridan biri hisoblanadi.
Kavkaz tuxumi Rossiya imperatori Aleksandr III uchun maxsus tayyorlangan.
Kavkaz tuxumini Aleksandr III Pasxa kuni (Masihning tirilishini nishonlash kuni) da rafiqasi qirolicha Mariya Feodorovnaga sovgʻa qilgan.
Hozirda
Kavkaz tuxumi Matilda Geddings Gray jamgʻarmasining bir qismi sifatida New York shahridagi Metropolitan sanʼat muzeyida namoyish qilinmoqda.
Dizayni
Kavkaz tuxumi sariq va rang-barang oltin, kumush, yoqut, emal, olmos, platina, fil suyagi, marvarid, tosh kristall va akvarel yordamida tayyorlangan.
Kavkaz tuxumi Kavkaz (Gruziya) ni xotirlatadi. Kavkazda Buyuk Gertsog Jorj sil kasalligiga chalinganidan keyin hayotining koʻp qismini oʻtkazdi.
Kavkaz tuxumi uchun Krijitski tomonidan miniatyuralar chizilgan. Miniatyuralar tuxum atrofida marvarid bilan oʻralgan toʻrtta eshikni ochish orqali ochiladi. Har bir eshikda 1893 sonini tashkil etuvchi olmos bilan oʻrnatilgan yilning raqami mavjud.
Kavkaz tuxumining yuqori qismidagi ilmoqli qopqoq orqasida Buyuk Gertsogning dengiz kiyimidagi portreti joylashgan.
Kavkaz tuxumi sanasi maʼlum boʻlgan birinchi imperator tuxumi sanaladi. Yoqut qizil emal faqat bir marta imperator tuxumlari uchun ishlatilgan, chunki Alekseyning gemofiliyasi qirollik oilasi uchun doimiy tashvish edi.
Oʻziga xos xususiyati
Kavkaz tuxumining oʻziga xos xususiyati miniatyura rasmlari hisoblanadi.
Yana qarang
Manbalar
uz.wikipedia.org