KAVENDISH TAJRIBASI



KAVENDISH TAJRIBASI – yerning gravitatsion tortishish doimiysi uni aniqlash tajribasi. Bu tajribani 1798 yilda birinchi bo’lib G. Kavendish o’tkazgan. Kavendish tajribasida massalari aniq o’lchangan, bir-biriga teng, gorizontal sterjenga mahkamlangan va kvars ipga osilgan qo’rg’oshin sharchalardan iborat qurilmadan foydalanilgan. Har birining massasi M bo’lgan ikkita qo’rg’oshin sharcha t massali sharchalar yaqiniga keltiriladi. Kavendish tajribasida t = 730 g = 0,73 kg; M = 158 kg. M va t orasidagi gravitasion tortishish sterjenni aylanishga majbur qiladi va kvars ip buraladi. Ipning bu- ralish momentidan tortishish kuchi va t bilan M massalar orasidagi masofa aniq o’lchab olinadi. Natijada u formuladan yerning gravitatsion doimiysi topiladi. Kavendish tajribasi bir necha marta qaytarilib, u = 6,685-10-” sm3/GX2 ekanligi ma’lum bo’ldi. Bu tajribaga asoslanib yer va D” 2. boshqa sayyoralar massasi aniqlanadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz