Kavanishi (Yamagata)




Kavanishi (yaponcha: 川西町 Kavanishi-machi?, IPA: [kawa̠ɲiɕiꜜmatɕi]) Yaponiyaning Yamagata prefekturasida joylashgan shaharchadir. 2020-yil 1-yanvar holatiga koʻra, shaharchada 5052 xonadonda 14967 nafar aholi istiqomat qilgan, aholi zichligi 1 km² ga 90 kishi toʻgʻri keladi. Shaharning umumiy maydoni 166,46 kvadrat kilometr (64 mi²).

Geografiyasi



Kavanishi Yonezava havzasining janubi-gʻarbiy qismida joylashgan. Shahar chegaralari boʻylab ikkita yirik daryo, Mogami va Omonogava daryolari oqib oʻtadi. Kavanishining soʻzma-soʻz tarjimasi „daryoning gʻarbi“ degan maʼnoni beradi, bu uning Mogami daryosining gʻarbiy qismida joylashganligini anglatadi. Bundan tashqari, shahar boʻylab ikkita kichik daryo — Inukava va Kurokava daryolari ham oqib oʻtadi.

Qoʻshni munitsipalitetlar




Iqlimi



Kavanishi nam kontinental iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa), katta mavsumiy harorat farqlari kuzatiladi, juda issiq (va koʻpincha nam) yoz va sovuq (baʼzan qattiq sovuq) qish mavsumi bu hudud uchun xosdir. Yogʻingarchilik yil davomida sezilarli kuzatilsa-da, lekin avgustdan oktyabrgacha eng kuchli darajasi qayd etilgan. Kavanishida oʻrtacha yillik harorat 11,2 °C. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1555 mm boʻlib, sentyabr eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 25,0 °C, eng past harorat esa yanvarda, −1,5 °C holat qayd etilgan.

Demografiyasi



Yapon aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Kavanishi aholisi soni 1950-yilda eng yuqori choʻqqiga chiqdi va oʻshandan buyondoimiy ravishda kamayib kelmoqda. Hozirgi aholi soni yuz yil avvalgi holatdan ancha kam.

Tarixi



Hozirgi Kavanishi hududi qadimgi Deva viloyatining bir qismi edi. Meidzi davri boshlangandan soʻng, hudud Yamagata prefekturasining Higashiokitama tumani tarkibiga kiritildi. Oʻn toʻqqizinchi asrda yashagan ingliz sayyohi Isabella Bird shaharga tashrif buyurib, Yonezava havzasi hududini „Adan bogʻi“ deb taʼkidlaydi, bu yerni unumdor maydon va Osiyodagi Arkadiyadir deya tariflaydi. Kavanishi shahri 1955-yil 1-yanvarda Meidzi davridagi Otsuka, Inukava, Komatsu va Chugun qishloqlarining birlashishi natijasida tashkil etilgan boʻlib, hudud Higashiokitama tumani va Minamiokitama tumanidagi Tamaniva qishlogʻining bir qismiga aylantirildi. Higashiokitama tumanidagi Yoshijima qishlogʻi 1955-yil 1-fevralda shaharga qoʻshib olindi.

Iqtisodiyoti



Suvning resurslarining yetarliligi tufayli shaharda dehqonchilik, asosan guruch yetishtirish yoʻlga qoʻyilgan. Shaharda Meiji davridan buyonmashhur Yonezava mol goʻshti ham ishlab chiqariladi.

Taʼlim tizimi



Kavanishida oltita davlat boshlangʻich maktabi va shahar hukumati tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktabi shuningdek,Yamagata prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi.

Transporti



Temir yoʻl



Sharqiy Yaponiya temir yo'l kompaniyasi — Yonesaka liniyasi

Yamagata temir yo'li — Nagai guli liniyasi

Magistral yoʻl




Mahalliy diqqatga sazovor joylar




Kavanishidan chiqqan taniqli odamlar




Filmlar suratga olingan joylari




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz