Kavakinyo




Kavakinyo (portugalcha: cavaquinho, [kɐvɐˈkiɲu]), masheti — portugallarning kichik toʻrt torli cholgʻu asbobi. Kawako gitarasining kichik versiyasi. Portugaliya va Braziliyada keng tarqalgan.

Tarixi



Kavakinyo XV asrda portugallar tomonidan Afrikaga, soʻngra Janubiy Amerikaga olib kelingan va bu yerda bu cholgʻu asbobini cuatro deb atashgan. XIX asr oʻrtalaridan Braziliyada keng tarqalib, asrning ikkinchi yarmida xuddi shu tarzda Havayi orollarida paydo boʻlgan. U bu yerda ukulele nomi bilan mashhur.

Turlari



Portugalcha turi



Portugaliya kavakinyosi boshqa barcha turlar paydo boʻlishiga asos boʻlgan. Bu turni boshqalaridan pardalari sonidan farqlash mumkin. Portugaliya kavakinyosida pardalar soni 12 ta, Braziliya namunasi va kavakoda 17 tadir.

Braziliya namunasi



Braziliya Kavakinyosi Portugaliyanikidan bir oz kattaroq va 17 pardaga ega.

Kavako



Kavako — bu Braziliya kavakinyosining oʻlcham jihatidan kichikroq namunasi, hajmi boʻyicha Portugaliyanikiga oʻxshash. Ammo, Braziliya namunasidagi kabi 17 pardadan iborat.

Qurilishi



Asosiy sozlamalar




Boshqa sozlamalar




Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz