Kaustik sirt




Singan dasta nurlari toʻplamining oʻramasi boʻlgan sirt kaustik sirt (kaustika) deb, uni nurdan oʻtadigan har qanday tekislik bilan kesganda hosil boʻlgan kesim kaustik egri chiziq deb ataladi. Agar dasta optik Sistema orqali oʻtganda gomosentrikligicha qolgan boʻlsa, u holda koustika gomosentrik dastaning uchidan iborat nuqtaga aylanadi. Gomosentriklikning buzulishi koustik sirtning nuqtaga aylangan bu eng sodda holga nisbatan birmuncha buzilishini bildiradi. Koustik sirt simmetriyasining  pasayish xarakteriga qarab turli xil aberratsiyalarni sinflarga ajratish mumkin. Masalan siferik aberratsiyada koustika simmetriya oʻqiga ega boʻlgan,  ammo  simmetriya markazi boʻlmagan sirt koʻrinishida boʻladi.

1-rasm mana shunday formalardan birini tasvirlaydi: bu rasmda yoʻgʻon chiziqlar rasm tekisligidagi koustik egri chiziqni bildiradi, koustikaning oʻzi esa rasmni PQ oʻqqa nisbatan aylantirish natijasida xosil boʻladi. Astigmatizm aberratsiyasi  kaustik sirt simmetriyasining yanada pasayishiga mos keladi. Bu xolda kaustikaning simmetriya oʻqi boʻlmay faqat oʻzaro perpendikulyar boʻlgan ikkita simmetriya tekisligi boʻladi.

Koma aberratsiyasida koustik sirt yorugʻlik chiqaruvchi nuqtadan va optik oʻqdan oʻtadigan atiga bitta simmetriya tekisligiga ega boʻladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz