Kausher Birkar
Caucher Birkar (talaffuzi: Kausher Birkar) (kurdcha: كۆچەر بیركار) forscha: کوچر بیرکار (tugʻilganidagi ismi
Fereydun Deraxshoniy ) (1978-yil iyulda tugʻilgan) — eronlik kurd matematik. Birkar zamonaviy biratsional geometriyaga muhim hissa qoʻshgan. 2018-yil Fields medali bilan taqdirlangan.
Birkar 1978-yil Eronning Kurdiston viloyatida tugʻilgan, Eron-Iroq davrida ulgʻaygan. Tehron universitetida matematika boʻyicha tahsil olib, uni bakalavr darajasi bilan tamomlagan. 2000-yil Buyuk Britaniyaga koʻchib borgan va yerda siyosiy boshpana soʻragan. Britaniyaga migratsiyasi ortidan Caucher Birkar ismini olgan. Bu ism kurdcha „muhojir matematik“ maʼnosiga ega.
Birkar 2010-yilda algebraik geometriyaga qoʻshgan hissasi uchun matematika va statistika boʻyicha Leverhulme mukofotiga sazovor boʻldi. 2016-yilda esa Moore mukofoti bilan taqdirlandi.
uz.wikipedia.org