Kauka




Kauka (ispancha: Río Cauca) — Kolumbiyadagi daryo, Magdalena daryosining chap irmogʻi. Uz. 1350 km, havzasining mayd. 80 ming km chamasida. Markaziy Kordilyera togʻlaridan boshlanib, shim.da Markaziy va Gʻarbiy Kordilyera togʻlari oraligʻidagi chuqur tektonik vodiydan oqadi. Antokii togʻ massivini kesib oʻtib, ostona va sharsharalar hosil qiladi, soʻngra Karib boʻyi pasttekisligidagi keng vodiydan oqadi. Oʻrtacha suv sarfi 2000 m3/sek. Kali sh.dan Kartago sh.gacha va Antokiidan quyilish joyigacha (jami 620 km masofada) kema qatnaydi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz