Kaufman lolasi




Kaufman lolasi ( lotincha: Tulipa kaufmanniana) — Loladoshlar (Liliaceae) oilasiga mansub lola (Tulipa) turkumiga kiruvchi bir pallali o‘simlik turi.

Bu o‘simlik turini birinchi marta rus botanigi Eduard Lyudvigovich Regel 1877-yilda Chirchiq daryosi havzasi (O‘zbekiston) yaqinida to‘plagan namunalari asosida qayd etadi. Uning nomi Turkiston o‘lkasi general-gubernatori Konstantin fon Kaufman sharafiga berilgan, sababi aynan u XIX asrning 60-yillarni oxirida Rossiya havaskor tabiatshunoslari jamiyatining olimlarini ushbu hudud tabiatini o‘rganishda ishtirok etishga taklif qilgan.

Tavsifi



Bu o‘simlikning piyozchasi qalinligi 4 sm.gacha, jigarrang ignalari bor. Ildizlari bir yillik hisoblanadi. Poyasi 10 dan 50 sm.gacha, ko‘pincha antosianinlar bilan bo‘yalgan. Barglari — 2 dan 4 tagacha, kulrang, keng, lansetsimon, biroz og‘gan yoki biroz egilgan shakl ko‘rinishga ega. Gul yakkam-dukkam, diametri taxminan 8 sm. va balandligi 10 sm. — gulkosasi yulduzsimon, tepalari uchli yoki to‘mtoq. Gullarining rangi — oq, oqish, tillarang, sap-sariq, olovrang, och qizil, deyarli alvon tusda ham uchraydi. Barcha navlar uchun bu turning o‘ziga xos xususiyati: barglarining tashqi tomonidagi kontrast yo‘lli chiziqlar hosil bo‘ladi.

Bu o‘simlikning noyob sariq turlari qizil dog‘li, gulbargchalarining ichki tomoni gulkosasi bilan o‘ralgan. Gulning bunday shakli gidrid yoki chimyon lolasi (Tulipa × tschimganica) Ugom tepaliklarida uchraydi.

Gulning o'rtasida to'psimon sarg'ish, chiziqli gulchanglari va jigarrang yoki binafsha rangdagi changdoni joylashgan. Gulchangdoni  tuksiz, sariq, gulchanglaridan 3-4 marta uzunroq, burama shaklda. Urug‘doni bir oz qisqaroq, deyarli o'zgarmas. Mevasi quticha shaklida bo'lib, uzunligi 7 sm.gacha va kengligi 2 sm.gacha, urug'lar soni 270 tagacha. U ko‘p urug'li va vegetativ shaklda ko‘payadi.

Ekologiyasi



Bu gul turi soyali yonbag‘irlarni, buta chakalakzorlarini, kamdan-kam hollarda tez-tez tog‘larning pastdan yuqori kamariga qadar toshli yonbag‘irlarini afzal ko‘radi.

Tabiatda Greyg lolasi (Tulipa greigii) bilan duragaylari, ayrim holatlarda esa shubhali lolalar (Tulipa dubia) shaklida uchraydi.  

Tarqalishi



Kaufman lolasi — Markaziy Osiyoning endemik o‘simligidir. Yovvoyi shakli faqat Qozog‘iston (Qoratov tizmasining janubi-sharqiy qismi va Gʻarbiy Tyan-Shan — Jambil va Janubiy Qozog‘iston), O‘zbekiston, Qirg‘iziston va qisman Tojikistonda, Tyan-Shan tog‘ tizmasida ham uchraydi.

Muhofaza choralari



Mazkur tur SSSR Qizil kitobiga kiritilgan. Hozir Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston Qizil kitoblariga ham bor. Chotqol biosfera qo‘riqxonasida va Ugom-Chotqol milliy tabiat bog‘ida muhofazaga olingan. Tabiatdagi tuplarining holatini nazorat qilish, gullarini terishni taqiqlash, ular orasidan manzarali shakllarini ajratib olish va yetishtirish lozim.

Manbalar




Adabiyot




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz