Kauchukli daraxtlar




Kauchukli daraxtlar - baʼzi qismlarida tabiiy kauchuk hosil boʻladigan daraxtlar. Kaysi toʻqimalarida kauchuk toʻplanishiga qarab, K.d. lateks l i (kauchuk sutshira — lateks tarkibida boʻladi), parenximali (kauchuk novda va ildiz parenximasida toʻplanadi), xlorenxi mal i (kauchuk yosh novda va barglarning yashil toʻqimalarida yigʻiladi) xillarga boʻlinadi. Lateksli daraxtlar sanoat ahamiyatiga ega boʻlib, ulardan oson yoʻl bilan koʻp miqdorda kauchuk olinadi. Mas, braziliya geveyasida dunyo boʻyicha olinadigan tabiiy kauchukning 95% boʻladi; qolgan 5%i tropiklardagi boshqa lateksli daraxtlar (sapium, maniok, fikus, landolfiya)dan olinadi. Oʻzbekistonda K.d.dan togʻ saqich oʻsadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz