Katy Perry diskografiyasi




Amerikalik qoʻshiqchi Katy Perry, hozirga qadar, oltita studiya albomi, bitta jonli albomi, beshta mini-albom, 34 ta singl (shu jumladan toʻrttasini tanlangan artist sifatida) va sakkizta promo-singlini chiqarishga muvaffaq boʻldi. Perry Amerika Qoʻshma Shtatlarda 105 million dona raqamli singl va 11 million dona albomni sertifikatlashga muvaffaq boʻlgan. Shuningdek, Amerika ovoz yozish sanoat assotsiatsiyasi (inglizcha: Recording Industry Association of America; RIAA) maʼlumotlariga koʻra, Perry AQShda eng koʻp raqamli singllari sotilgan ijrochilar orasida beshinchi oʻrinni egallaydi. Faoliyati davomida Perry global miqyosda 18 milliondan oshiq albom va 125 milliondan oshiq singl sotgan. Ayni paytda u AQShda eng koʻp sotilgan singllar boʻyicha rekord oʻrnatgan, uning oltita singlli 5 million nusxada sotilgan (chiqish sanasi tartibida: „Hot n Cold“, „California Gurls“, „Firework“, „E.T.“, „Roar“, and „Dark Horse“). Perry, shuningdek, eng koʻp sotilgan, yaʼni 6 milliondan oshiq dona sotilgan ashulalar rekordchisiga aylandi, uning uchta ashulasi — „Firework“, „Roar“ va „Dark Horse“ — 6 milliondan oshiq nusxada sotilgan sanaladi. Uchalasi ham RIAAdan Diamond qoʻshiq sertifikatiga ega boʻlib, uni bunday ishni amalga oshirgan birinchi artistga aylantirdi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz