KATUN TIZMASI – Rossiya Federatsiyasining Oltoy Respublikasidagi tog’ tizmasi. Katun, Argut va Berel daryolari suvayirg’ichi. Uzunligi 150 kilometr, balandligi 4506 metrgacha (Beluxa tog’i). Metamorfik slanes va granitdan tarkib topgan. Muzliklar bor (umumiy maydoni 279 kilometr kvadrat). Yon bag’irlari 2000-2200 metr balandlikkacha tilog’och va kedr o’rmonlari, undan yuqorilari Alp o’tloqlari bilan qoplangan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish