Katun
Katun (oltoycha: Кадын [Kadyn]) — Rossiya Federatsiyaning Oltoy oʻlkasidagi daryo. Biysk shahridan 19 km janubi-gʻarbda Biya daryosi bilan qoʻshilib, Ob daryosini hosil qiladi. Uzunligi 688 km, havzasining maydoni 60,9 ming km. Beluxa togʻining janubiy yon bagʻridagi muzlikdan boshlanadi. Yuqori oqimi togʻlar orasidan oqadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 630 m/ sek. Dekabrda muzlab aprelda muzdan boʻshaydi. Irmoqlari: Argut, Chuya, Koʻksuv, Sema. Yogʻoch oqiziladi.
Manbalar
uz.wikipedia.org