Kattaungur g‘ori




Kattaungur gʻori - Nurota tog tizmasining janubiy yon bagʻrida (Navoiy viloyati Xatirchi tumani), 950 m balandlikda, Krragʻoch daryosi (Zarafshonning oʻng irmogʻi) oʻzanidan 60 m yuqorida joylashgan. Toshkoʻmir davriga mansub ohaktoshlarda hosil boʻlgan. Gʻorning ravoqsimon shakldagi kirish qismi sharqqa qaragan. Gʻor ichkarisida 23 m masofada ohaqtoshli ustun (bal. 3 m) mavjud. Sahni gil bilan qoplangan, qush va hayvon qoldiqlari toʻplanib qolgan. Devor va shipida mumiyo belgilarini uchratish mumkin. Gʻorning umumiy uz. 40 m, maydon 990 m2, hajmi 558 m3.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz