Kattasoy (Tojikiston)




Kattasoy (boshlanishida Oqsuv, oʻrta oqimida Kengkoʻlsoy deb ham ataladi) — Tojikistondagi soy. Sirdaryoning chap irmogʻi. Uz. 58 km, havzasining mayd. 631 km. Oqsoy dovonidan 1,5 km jan.-sharqdan boshlanadi. K.ga Koʻktepa, Koʻrganoq togʻlarining shim. yon bagʻirlaridan oqib tushadigan 15 ta irmoq kelib qoʻshiladi. Shim.-sharqiy yoʻnalishda oqadi, Sirdaryogacha yetib bormaydi, Qushkent qishlogʻidan 5 km jan.sharqda qurib qoladi. K. qor, yomgʻir va yer osti suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 1,88 m3/sek. Toʻlinsuv davri aprel—avg . oylariga toʻgʻri keladi. K.da Kattasoy suv ombori qurilgan. K. suvi bilan Jizzax viloyati Zomin tumanining Tojikiston bilan chegaradosh yerlari ham sugʻoriladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz