Kattasoy




Kattasoy (boshlanishida Oqsuv) — Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi soy. Dukantsoyning eng katta chap irmogʻi. Chatqol togʻ tizmasining janubiy yon bagʻirlaridagi (2000 m) buloqlardan boshlanadi. Uz. 20 km, havzasining maydon 86 km, 46 ta kichik irmogʻi bor. K. yon bagʻirlari baland koʻtarilgan tor vodiyda, katta nishablikdagi serostona toshloq oʻzanda oqadi. Ancha sersuv, yillik oʻrtacha suv sarfi 1,0 — 1,5 m’/sek. K. bahorda toʻlib oqadi, yozning oxiri va kuz oylarida esa suvi kamayib ketadi. K.dan Yangiobod sh. suv oladi.shahar atrofidagi yerlar sugʻoriladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz