KATTA ZOND OROLLARI



KATTA ZOND OROLLARI – Maloy arxipelagining asosiy qismi. Maydoni 1,4 million kilometr kvadrat. Tarkibida Sumatra, Yava, Kalimantan, Sulavesi orollari bor. Katta zond orollarida Indoneziyaning katta qismi, Malayziya va Bruneyning bir qismi joylashgan. Relefi tog’li, balandligi 4101 metrgacha (Kinabalu tog’i). Faol vulkan harakatlari bo’lib turadi. O’simligi, asosan, ekvatorial o’rmonlardan iborat. Qalay rudasi va neftning yirik konlari bor. Tropik dehqonchilik bilan shug’ullaniladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz