Katta Yugan




Katta Yugan — Rossiya Federatsiyasining Tyumen viloyatidagi daryo. Ob daryosining chap irmogʻi, Yugan daryo tarmogʻiga quyiladi. Uz. 1063 km, havzasining mayd. 34700 km. Vasyuganya botqoqliklaridan boshlanadi; Gʻarbiy Sibir tekisligidan oqib oʻtadi. Eng katta irmogʻi Kichik Yugan (oʻngda). Havzasida, umumiy mayd. 545 km boʻlgan 8000 ga yaqin koʻl bor. Asosan, erigan qor suvlaridan toʻyinadi. Oktyabr-noyabrda muzlaydi, aprel oxiri-may oyi boshlarida muzdan boʻshaydi. Yogʻoch okizishga kulay. Kuplan-deyevi pristanidan boshlab kema qatnaydi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz