Katta Yetti Qaroqchi
Katta Ayiq (lotincha: Ursa major) yoki
Katta Yetti Ogʻayni ,
Katta Yetti Qaroqchi — osmonning shimoliy yarim sharida Olam qutbiga yaqin joylashgan yulduz turkumi. Uning 7 ta yorugʻ yulduzi (ravshanligi 2-3 kattalikda) ning turishi choʻmichga oʻxshaydi. Kishilar juda qadim zamondan (taxminan 100 ming yillar ilgari) ajratib kuzatishgan. Oʻzbekiston hududida yil boʻyi koʻrinadi.
Manbalar
uz.wikipedia.org