Katta Xirmontepa koʻchasi (Toshkent)




Katta Xirmontepa koʻchasi  — Uchtepa va Chilonzor tumani hududida. Uzunligi 5 km atrofida. Al-Xorazmiy va Farhod koʻchasilari oraligʻida joylashgan.

1966-yilgi Toshkent zilzilasidan soʻng qurilgan koʻp qavatli turar joy binolari bunyod etilishi munosabati bilan tashkil topgan. 2005-yil 22-iyunda joyning tarixiy nomi sifatida „Katta Xirmontepa“ nomi berildi.

Yoʻnalishida Chilonzor 19-26-turar joy mavzelari, Chilonzor tumaniga qarashli „Katta Xirmontepa“, „Kichik Xirmontepa“, „Xirmontepa“, „Navroʻz“; Uchtepa tumaniga qarashli „Nayman“, „Tinchlikobod“, „Birlik“, „Vatan“, „Nurobod“, „Vatanparvar“, „Farhod“ va „Shirin“ mahallalari, oilavii poliklinikalar, „Vatan“ kinoteatri, kichik va qoʻshma korxonalar, firmalar, notarial idoralar, dorixonalar, savdo va umumiy ovqatlanish majmualari, turli servis xizmat koʻrsatish maskanlari joylashgan. Koʻcha boʻylab jamoat transporti harakati yoʻlga qoʻyilgan. Yaqinida „Zargarlik buyumlari“ korxonasi va sut mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan „Vimm-Bill-Dann Toshkent“ xorijiy korxonasi va shu nomdagi MChJ, boshbekat, „Shohamid“ toʻyxonasi va taksopark bor.

Yana qarang




Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz