Katta tarix




Katta tarix (en:Big History) — bu Katta portlashdan hozirgi kungacha yagona ketma-ket jarayon sifatida koinot rivojlanishining ajralmas (integral) modeli. Eng umumiy davrlashtirishda u quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi:

Katta tarix 1990-yillarning boshlarida evolyutsion kosmologiya tushunchalari, koinot, Yer, hayot va jamiyat rivojlanishining aniq uzluksizligi Antropik prinsipda bilvosita aks etganligi keng eʼtirof etilgach, maqsadli yoʻnalish sifatida shakllandi. Universal evolyutsionistlarning fikriga koʻra, biz uchun mavjud boʻlgan dunyoni retrospektiv tarzda koʻrib chiqish tobora „gʻalati“ („gʻalati attraktor“) boʻlib qoldi hamda bizning mavjudligimiz va sayyoramiz sivilizatsiyasi hozir boshdan kechirayotgan holat - bu „ajabtovur“ dunyoning koʻrinishlarining mohiyatidir.

Paydo boʻlish tarixi



Katta tarix tushunchasi 1990-yillarda shakllangan. Ammo poydevor, ehtimol, Fyodorov, Siolkovskiy, Chijevskiy, Vernadskiy kabi olimlarning rus kosmizmi haqidagi asarlari asos boʻlgan. Ular inson va inson sivilizatsiyasini Katta Koinotning ajralmas bir boʻlagi sifatida koʻrdilar va insonning yuksak darajada rivojlangan sivilizatsiya yaratish, koinotni zabt etishni boshlash qobiliyatiga egaligini eʼtirof etdilar. Kosmizmning eng muhim xulosasi shundaki, inson eng muhim geologik kuchga aylanadi va Yerda sodir boʻlayotgan voqealar uchun toʻliq javobgarlikni oʻz zimmasiga olishi kerak yaʼni ularning nazdida — inson yaratuvchidir.

Katta tarix sohasidagi tadqiqotlar hozirda keng miqyosda Katta tarix xalqaro assotsiatsiyasi, Rossiyada esa Yevrosiyo Megatarix va tizimli prognozlashtirish markazi tomonidan muvofiqlashtirilmoqda.

Katta tarix sohasidagi tadqiqotlarni rivojlantirishga rus olim (birinchi navbatda, A.P. Nazaretyan, A.D. Panov, L.Ye. Grinin va E.S. Kulpin)lar hissa qoʻshishmoqda.

Tanqidlar



Katta tarix tanqidchilari, jumladan, sotsiolog en:Frank Furedi bu fanni „tarixning antigumanistik burilishi“ deb hisoblashgan. Stanford universiteti tarixchisi va pedagogi en:Sam Wineburgning soʻzlariga koʻra, Katta tarix matnlarni sof ilmiy yondashish foydasiga talqin qilishdan qochadi va shu tariqa „kamroq tarix va koʻproq evolyutsion biologiya yoki kvant fizikasining bir turiga aylanadi“. Boshqa tadqiqotchilarning taʼkidlashicha, Katta tarix insoniy unsurni yoʻq qilish yoki tarixiy metodologiyaga rioya qilmaslik aslida nima qilishini yetarlicha oʻrganmagan kuzatuvchilardan kelib chiqqan. Bugungi kunda aksariyat kurslarning uchdan biri yoki yarmi insoniyatga bagʻishlangan. Insoniyatga muhim oʻrin beradigan murakkablikning ortib borishi konseptsiyasi bilan va tabiat fanlaridagi usullar tugʻma tarixiydir, chunki ular tarixni yaratish uchun dalillar toʻplashga harakat qilishadi.

Havolalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz