Katta quyosh pechi




Katta quyosh pechi Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Materialshunoslik institutiga qarashli Katta quyosh pechi Toshkent viloyati Parkent tumanida joylashgan maxsus ilmiy inshoot hisoblanadi. Tekin yonilgʻi hisoblangan quyosh energiyasida foylananish texnologiyasi va shu turdagi texnologik inshootlarni
qurish tarixidagi katta yangiliklar biri xisoblanadigan (Oʻzbekistonda) ushbu Katta quyosh pechi Materialshunoslik institutini tadqiqotlarida va ilmiy jarayonlarida qoʻllanadi.
Qurilmaning umumiy quvvati 1000 kvt ega, qattiq jisimlarni sintezlash jarajonlari va quyosh nuri orqali qizdirish va ishlov berish ishlari olib boriladi .

Inshoot haqida batafsil



Bunday turdagi pechlardan yana Frasiyada davlatida bor, lekin Oʻzbekistondagi Katta quyosh pechi Fransiyadagidan bir muncha farq qiladi. Qurilmani kulolchilikda
ishlatish va kulotchilik buyumlarini sintezlash jarayonini avtomatik boshqarish va bir tizim sifatida ishlash imkoniyatini beradi. Katta quyosh pechidan foydalanish
uslublariga muofiq, unda qoʻllanadigan uslub radiatsion qizdirish orqali amalga oshiriladi. Konsentratsiyalangan yorugʻlik oqimining markazga yoʻnaltirilishi orqali
buyumlarni juda katta haroratgacha isitish imkonini beradi. Yangi texnologiyalardan samarali foydalanish va ularning foydalilik xususiyatlarini oshirish kabi muhim
omillar asosida ishlatiladigan Katta quyosh pechi juda katta samara beradi. Shu kabi samarali ishlash uslublarini qoʻllash orqali geliomaterialshunoslikda yana yangi
ishlash yoʻllarini yaratishga olib keladi. Bunday turdagi yangi uslublar orqali quyosh nurlarini kompazitsion oqimlarini qoʻllash va shu orqali yangi chidamli materiallarni
yaratishdan iboratdir. Materialsozlik institutiga qarashli yana boshqa inshootlar Katta quyosh pechi atrofida joylashgan, bular yaxlit biz majmua sifatida qurilgan
hisoblanadi. Elektr energiyasini tejash maqsadlarini ancha osonlashtiradigan pech, hech qanda miqdoda elektr energiyasini istemol qilmaydi, faqat quyosh nurlarinig
toʻgʻrida toʻgʻri kelgan nurlari hisobiga ishlaydi. Moddalarning radiatsion xossalarini va unga aloqador fizikaviy jixatlarini oʻrganishda qurilma juda ham katta
xizmat koʻrsatadi .

Katta quyosh pechini ishlash tizimini yosh yetishib chiqayotgan kadrlarga oʻrgatish va shu sohadagi talabalarni ish jarayonlari bilan yanada yaqinroq tanishtirish
maqsadida 2000-yilda Katta quyosh pechi bazasida oʻquv markazi tashkil etildi va unga tadqiqotchilar, aspirantlar, oliy oʻquv yurti talabalari jalb qilindi.
Katta quyosh pechi Oʻzbekiston Respublikasi materialsozlik sanoatida ilmiy tadqiqotlar markazi sifatida juda ham muhim inshoot va qurilma sifatida juda katta
ahamyatga ega hisoblanadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz