Katta Orgʻun
Katta Orgʻun — Buxoro viloyati Kogon tumanidagi qishloq. Etnotoponim. Argʻun qabilasi vakillari yashagan qishloq. Argʻun, argʻin qadimgi urugʻlardan birining nomi. Mahmud Qoshgʻariyning „Devonu lugʻati-turk“ asarida argʻu tarzida uchraydi. Ular oʻtmishda Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro va Xorazm hududlarida yashagan.
Manbalar
uz.wikipedia.org