Katta O‘radaryo




Katta Oʻradaryo — Qashqadaryo viloyatidagi daryo. Gʻuzordaryoning oʻng irmogʻi. Hisor tizmasining gʻarbiy qismidagi Harkush dovonidan (3448 m) Egrisuv nomi bilan boshlanadi. Uz. 113 km, havzasi 1410 km². Daryo, asosan, togʻlar orasida oqadi. Yirik irmoqlari: Qizilsoy, Almatsoy, Zarangbuloq, Shoʻrsuv va b. Oʻrtacha yillik suv sarfi 4,6 m³/sek, yillik oqimi 140 mln. m³. Qor, yomgʻir va buloq suvlaridan toʻyinadi. Mart-may oylarida suvi koʻpayadi. Pachkamar suv omboriga quyiladi. Atrofdagi qishloq xoʻjaligi yerlarini va shu yerdagi qishloqlarni suv bilan taʼminlaydi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz