Katta masjid




Katta masjid (Jome masjid) — Jazoirdagi meʼmoriy yodgorlik (1096). Tarhi 45,5x33 m, asosiy oʻqi qiblaga qaragan 11 nefli. Hovlisi kichikroq boʻlib, devorlari Marokash (Magʻrib)dagi Qutubiya masjidini eslatadi. Masjid xonasidagi taqasimon qator ravoqlar ikki qatorli ustunlarga tayangan. Mehrob ravogʻining bezagi kungurali. Minorasi (shim.-sharqiy burchagida) 1322-yilda toʻrtburchak shaklda qayta qurilgan. K.m. yorqin va sodda koʻrinishi bilan ajralib turadi. Unda yogʻoch oʻymakorligining 11-asrga oid noyob namunasi saqlangan.

Manbalar




Andoza:Jazoir masjidlari

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz