Katta Hisor kanali




Katta Hisor kanali - Hisor vodiysidagi kanal. Tojikiston va qisman Oʻzbekiston hududidan oʻtadi. 1938— 42 yillari qurilgan. Uz. 50 km. Suv sarfi 68 m1/s. Tojikistonda 9,4 ming ga, Oʻzbekistonning Surxondaryo viloyati Denov tumanida 10 ming ga yerni sugʻoradi. Kanal orqali Varzob daryosi suvi Qoratogʻ daryosiga oqadi. 70 ga yaqin gidrotexnika inshooti bor. Kanalning yirik shoxobchalari: suv sarfi 2 dan 6 m³/s gacha boʻlgan Govkush, Chorakoron, Kampirqalʼa, Hisor, Yangiobod, Oyim. Kanalga qurilgan toʻgʻondan bevosita Dushanba shoxobchasi (uz. 2,5 km, suv sarfi — 10 m³/s) boshlanadi, undan Alachabof kanaliga suv beriladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz