Katta Ergash
Katta Ergash , (1882-yil, Bachqir qishlogʻi, Fargʻona viloyati—1921-yil Xonabod) — Fargʻona vodiysidagi istiqlolchilik harakatining yoki bosmachilikning rahbarlaridan biri.
Tarjimayi holi
Ergash qoʻrboshi 1882-yilda Qo‘qonning Bachqir qishlog‘ida tug‘ilgan. U istiqlolchilik harakatining Fargʻona viloyatidagi (1918—1921) eng nufuzli dala qoʻmondonlaridan biri boʻlgan. Uch yil Farg‘ona vodiysida sovet tuzumiga qarshi kurashgan. 1921-yil yanvarda Xonobodda qizil armiya tomonidan o‘ldirilgan.
1918-yil 12-fevralda Qo‘qon qal’asiga muvaffaqiyatsiz hujum uyushtirildi.
Farg‘onalik mujohidlar orasida Ergash ismli ikki rahbar bo‘lgan. Birinchi Ergash (Kichik Ergash) 1918-yil Bachqirdagi jangda halok bo‘lgan. Ikkinchi Ergash Qo‘qonda yashagan. U din arbobi bo‘lgan va juma namozlarida 25 ming kishiga vaʼz oʻqigan. Mulla Ergash nomi bilan ham mashhur. Mulla Ergash Qo‘qonni qamal qilishda qatnashib, keyimchalik Bachqirga qochadi. Kichik Ergash vafotidan keyin (1918-yil fevral) mulla Ergash sho‘rolarga qarshi kurashning birinchi guruhini tuzgan. 1918-yil bahorida barcha Farg‘ona rahbarlari uni Amir ul Muslim deb tan oldilar va u xalq orasida mashhur bo‘ladi. 1918-yil bahor va kuz oylarida Namangan va Qo‘qon viloyatlarida Qizil armiya bilan bo‘lgan barcha janglarda Ergash qoʻrboshi g‘alaba qozonadi. Ergashbek va Madaminbek mujohidlar yetakchiligi uchun kurashadi va Ergash kurashda mag‘lub bo‘ladi. Natijada 1918-yil oxiri 1919-yil boshida Farg‘ona mujohidlariga Madaminbek boshchilik qiladi. Qizillarga qarshi janglarning birida Ergash yarador bo‘lib, 1921-yilgacha yirik janglarda qatnashmaydi. Oʻsha yili u oʻz qarorgohida Qizil Armiya tomonidan oʻldirilgan. Baʼzi manbalarda bu sana 1919- yoki 1920-yil deb koʻrsatilgan.
Yana qarang
Manbalar
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
Katta Ergash O‘zbekiston hududida joylashgan kichik daryo yoki sug‘orish kanali bo‘lishi mumkin. O‘zbek tilida "katta" so‘zi "katta, yirik" degan ma'noni anglatadi, "ergash" esa "ergashmoq" yoki "bog‘lanmoq" kabi ma'nolarga ega.
Agar siz Katta Ergash atamasi haqida aniqroq ma'lumot so‘rasangiz, u geografik joylashuvi, uning tarixiy yoki iqtisodiy ahamiyati, sug‘orish tizimidagi roli to‘g‘risida bo‘lishi mumkin. Masalan, O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi uchun suv ta’minotida kanallar va daryolar juda muhim.
Iltimos, Katta Ergash haqida ko‘proq ma’lumot yoki kontekst bersangiz, men sizga yanada batafsil va aniq ma’lumot bera olaman.