Katta Chimyon togʻi
Katta Chimyon choʻqqisi — Toshkent viloyatidagi Chatqol tizmasining tarkibiga kiruvchi ulkan gumbazsimon massiv. Eng baland joyi — Katta Chimyon choʻqqisi (3309 m). Chimyonsoy vodiysini janubidan oʻrab turadi. Paleozoy orogenetik jarayonida burmalanib granit, granodiorit, diorit, granit-porfir, kvarsli porfir, siyenit, siyenitli diorit, gabbro kabi intruziv jinslar va ohaktosh hamda qumtoshlardan tuzilgan. Relyefi kuchli darajada parchalangan. Yon bagʻirlar qiyaligi oʻrtacha 25—35°, baʼzi joylarida 45° va undan ortiq. Janubi-gʻarbdan shimoli-sharqqa tomon choʻzilgan.
Shimoliy yon bagʻri Chimyonsoy vodiysiga tik tushgan. Bu qismida ohaktoshli jinslar qoyali relyef shakllarini hosil qilgan. Janubiy yon bagʻri ancha yotiq boʻlib, qurumlar uchraydi. Togʻ choʻqqisi doimiy muzlik va qorliklar bilan band. K.Ch.t. janubida Mingjilqi (2950 m), Imetey (2580 m), Teskaylov (2450 m), Suranota kabi togʻlarga va Poʻlatxon (2744 m) platosiga ulanib ketadi. Shimoliy-gʻarbga asta sekin pasayib boradi (Qumbel dovoni 1871 m). Uning yon bagʻirlaridan Beldorsoy, Chimyonsoy, Qorachasoy (Chatqol irmogʻi), Mozorsoy va b. oqib tushadi. Oʻrmon mintaqasida jigarrang, alp mintaqasida togʻ-oʻtloq-dasht torfli tuproqlar uchraydi. Togʻ yon bagʻirlarida archa, doʻlana, tikanli bodom, uchqat, naʼmatak, togʻolcha, yongʻoq, bugʻdoyiq, subalp va alp mintaqalarida toron (zanjovul), shashir va b. tarqalgan. Yuqori qismi toshloq, daraxt kam.
Chiroyli va terapevtik kuchlari uchun Chimyonga „Oʻzbek Shveytsariyasi“ deb nom berilgan. Qadimgi archa daraxtlari togʻlarning yon bagʻirlarini yopadi. „Sayi“ deb nomlangan tog 'daryolari togʻ va tepaliklarda haykaltaroshlik bilan ishlangan. Koʻplab gullar va oʻsimliklarning pasayishi („moʻri“ yoki „oʻt tomoni“ „yashil oʻt“, „yashil vodiy“ nomi) salqin va tiniq atmosfera.chimgan (Wayback Machine saytida 2021-05-26 sanasida arxivlangan)
Katta Chimyon togʻi etaklari va yon bagʻirlari noyob togʻ goʻshalaridan iborat (Unikkibuloq maskani, togʻ tabiat yodgorliklari, soy vodiylari va b.), iqlimiy va qimiz bilan davolash „Chimyon“ kurorti (1500 m), 2 sanatoriy, bolalar oromgohlari, „Chimyon“ sayyohlik majmuasi bor.
Manbalar
uz.wikipedia.org