Katta bozor masjidi




Katta Bozor masjidi (ozarbayjoncha: Böyük Bazar məscidi) – Ozarbayjonning Lankaran shahrida joylashgan masjid. Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 2-avgustdagi qarori bilan ushbu masjid mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan tarix va madaniyat meʼmoriy yodgorligi sifatida davlat muhofazasiga olingan (4805-son).

Tavsifi



Katta bozor masjidi XIX asrning dastlabki yillarida qurilgan boʻlib, hozirda shahardagi eng qadimgi masjid hisoblanadi. Masjid devorlari qizil pishiq gʻishtdan qurilgan, tomi sopol koshinlar bilan qoplangan.

Masjid nomi oʻzi joylashgan shahar – Lankaron markazidagi Böyük Bazar (Katta bozor) nomidan olingan. 1929-yilgacha masjidda oltita takya mavjud boʻlgan. Ushbu takyalarning nomi ularni quruvchilar nomidan olingan. Takya Karbalaya Husayn, general Mir Abbosxon Talishinskiy, Karimovlar, Hoji Manaf va Hoji Alasgar takyalari 1930-yillarda Sovet istilosidan keyin yoʻq qilinadi. Takya Hoji Hojiagi Akbarov esa oʻzgarishsiz qoladi. Masjiddan 1938—1980-yillarda non zavodi sifatida foydalanilgan, 1980—1990-yillarda esa galereyaga aylantirilgan.

Masjid asosiy va yordamchi binolar hamda bitta minoradan iborat. Masjidning asl minorasi sovet tuzumi tomonidan vayron qilingan, 1995-yilda esa 36 metrli yangi minora qurilgan. Masjidning maydoni 500 m² boʻlib, masjidda bir vaqtning oʻzida 550 kishi namoz oʻqishi mumkin.

Galereya




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz