Katta ayiqli ko‘l




Katta ayiqli koʻl - Kanadaning shim.-gʻarbidagi koʻl. Mayd. 30,2 ming km, chuq. 137 m gacha. Tektonik-muzlik iatijasida yuzaga kelgan soylikda joylashgan. Qirgʻoklari tik, qoyali, igna bargli oʻrmonlar bilan qoplangan. Koʻldan Katta Ayiqli daryo oqib chiqib, Makenzi daryosiga quyiladi. Okt. oyidan iyungacha muzlaydi. Kema qatnaydi. Baliq ovlanadi. Portlari — Port-Radiy, FortFranklin.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz