Katta Avstraliya qo'ltig'i
Katta Avstraliya qoʻltigʻi -Hind okeanidagi qoʻltiq. Avstraliyaning jan. qirgʻogʻi yonida. Peysli va Banke burunlari oraligʻida. Mayd. 1335 ming km. Chuq. 5690 m gacha. Sharqiy qismida Spenser va Sent-Vinsent qoʻltiklari quruqlik ichiga ancha kirib borgan. K. A. q.ning sharqiy qismida Kenguru o. bor. Dengiz suvi 3,6 m gacha koʻtariladi. Yirik porti — Adelaida.
Manbalar
uz.wikipedia.org