Katta asirlar ko`li




Katta qullar koʻli , Katta asirlar koʻli — Kanadaning shim.gʻarbiy qismidagi koʻl, 150 m balandlikda. Mayd. 28,6 ming km, chuq. 150 m gacha, uz. 480 km. Koʻl oʻrni muzlik va tektonik harakat natijasida vujudga kelgan. Gʻarbiy sohili past, igna bargli oʻrmonlar bilan qoplangan, sharqiy va shim. sohili sertepa, oʻsimlik kam. Sharqiy qismida orol koʻp. Koʻlga Qullar daryosi, Xey va b. daryolar quyiladi; Makenzi daryosi oqib chiqadi. Okt. dan iyungacha muzlaydi. Kema qatnaydi, baliq ovlanadi. Shim. sohilida oltin konlari bor. Koʻl sohilida Yellounayf, FortRezolyushen portlari joylashgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz