Katta ashula
Katta ashula , patnusaki (patnis) ashula — Fargona vodiysiga xos boʻlgan oʻzbek anʼanaviy ashula yoʻli. Odatda, 2—5 hamnafas ashulachi (hofiz) tomonidan cholgʻu joʻrligisiz (qoʻllariga patnis yoki likobcha ushlagan holda) aytiladi. Koʻpincha yuqori pardalarda va keng nafasda ijro etilib, oʻziga xos murakkab ijro uslubi bilan ajralib turadi. Katta ashula qadimiy marosim va mehnat qushiqlari, marsiya, navha, ayolgʻu qoʻshiqlari hamda aruz vaznidagi gʻazallarning qad. oʻqilish uslublari zaminida vujudga kelgan. Katta ashula, odatda, katta yigʻin, sayil va toʻy-tomoshalarda aytilgan. Uning oʻtmishdagi namunalarida lirik va nasihatomuz gʻazallar bilan bir qatorda diniy, tasavvuf yoʻnalishidagi sheʼrlar ham kuylangan. Navoiy, Lutfiy, Mashrab, Xaziniy, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Miskin va boshqalarning gʻazallari Katta ashula janridan alohida oʻrin olgan. Xalq orasida "Doʻstlar" (Navoiy), "Koʻp erdi", "Yolgʻiz", "Adashganman" (Muqimiy), "Oh kim, rahm aylamas" (Furqat), "Bir kelsun", "Ey, dilbari jononim" (Miskin) kabi Katta ashulalar keng tarqalgan. Habibiy, Chustiy, Kamtar, Charxiy, Sobir Abdulla, Akmal Poʻlat, Vosit Saʼdulla, Nasimiy, Erkin Vohidov, Oʻtkir Rashid va boshqalarning sheʼrlari ham Katta ashulada sevib ijro etiladi.
Katta ashula ijrochiligida badiha uslubidan keng foydalaniladi. Bu esa undagi nutqdosh va ohangdor tuzilmalar birbiriga mukammal va uzviy bogʻlanishini taʼminlaydi, ashulani rang-barang musiqa bezaklari bilan boyitadi, turli avjlar qoʻllanishiga olib keladi. Katta ashula ijrochisi anʼanaviy "ustoz-shogird" maktabini oʻtgan, sheʼriyat qonunlari va ijrochilik anʼanalariga tayangan, keng diapazonli, baland ovozga va mahoratga ega boʻlishi lozim. Hofizlar, odatda, sheʼr bandidagi boshlangʻich misralarning har birini galma-gal, soʻnggi misralarni joʻr boʻlib ijro etadilar. 20-asr ning 2-yarmida Katta ashulaning yangi ashula-cholgʻu yoʻllari, yakkaxon hofizga moʻljallangan turlari yuzaga keldi. Mazkur namunalarda cholgʻu ansambli hamnafas hofiz vazifasini bajargan, ijroda erkin uslub saqlanib qolgan. Katta ashulaning bu uslubi Joʻraxon Sultonov tomonidan yaratilgan ("Ey dilbari jononim", "Ohkim", "Topmadim", "Guluzorim qani", "Mehnat axli", "Oʻzbekiston" va boshqalar). Ayrim maqom shoʻʼbalari ("Bayot", "Chorgoh", "Ushshoq") ham Katta ashula ("yovvoyi maqom") uslubida aytilgan (mas, "Yovvoyi Ushshoq", "Patnusaki Chorgoh", "Likobi Bayot" va boshqalar). Mohir sozandalar Katta ashulaning cholgʻu (nay, surnay, gʻijjak) yoʻllarini yaratdilar. Rivojlanish mobaynida Katta ashula ijrochilik (Qoʻqon, Margʻilon, Toshkent, Namangan — Andijon) maktablari shakllangan. Erkaqori Karimov, Sherqoʻzi Boyqoʻziyev, Haydarali Hikmatov, Meliqoʻzi Yusupov, Oʻtimboy Sarimsoqov, Turdiali Ergashev, Otamirza Abdurahmonov (Qoʻqon), Mamatbuva Sattorov, Joʻraxon Sultonov, Maʼmurjon Uzoqov, Boltaboy Rajabov, Ibrohim Ishokov, Musajon Orifjonov (Margʻilon), Orif Alimahsumov, Ortiqxoʻja Imomxoʻjayev, Akbar Haydarov, Eshmat Haydarov, Ochilxon Otaxonov (Toshkent), Fattohxon Mamadaliyev, Odiljon Yusupov, Joʻraxon Yusupov (Andijon), Hamroqulqori Toʻraqulov (Beshariq), Rasulqori Mamadaliyev (Buvayda), Solijon Hoshimov (Quvasoy) va boshqa Katta ashula ijrochiligida shuhrat qozongan. Halima Nosirova, Munojot Yoʻlchiyeva, Ismoil va Isroil Vahobovlar, Mahmud Tojiboyev, Mahmud Yoʻldoshevlar ham Katta ashulani mahorat bilan ijro etmoqdalar. 1984-yildan OʻzRda Katta ashulachilarning koʻriktanlovlari (Margʻilon, 1984; Toshkent, 1987; Koʻqon, 1991; Shahrisabz, 1994) oʻtkazilmokda. Katta ashula ijrochilik yoʻllari anʼanaviy mahorat maktablari (Baliqchi, Buvayda) va musiqa oʻquv yurtlari (Fargʻona sanʼat bilim yurti, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi)da oʻzlashtirib kelingan. 2001-yil Andijonda 1- Respublika professional Katta ashula ijrochilari tanlovi va ilmiy-amaliy (Toshkent, Andijon) konferensiyalari oʻtkazildi. Katta ashula bastakor (F. Sodiqov, "Oʻzbekiston", "Toʻy muborak"; M. Murtozoyev, "Sogʻinish" va boshqalar) va kompozitorlar (V. Uspenskiy, "Lirik poema"; M. Tojiyev, 3-simfoniya; M. Bafoyev, Xalq cholgʻulari orkestri uchun konsert; B. Umidjonov, a kapella uchun "Chorgoh")ning ijodlariga ozuqa boʻlmoqda.
Rustam Abdullayev.
Manbalar
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
Katta ashula — bu o‘zbek xalq qo‘shiqlarining eng mashhur va mazmunli turlaridan biri hisoblanadi. Katta ashula an’anaviy musiqa janri bo‘lib, unda ko‘pincha xalq hayoti, tabiat go‘zalliklari, sevgi, do‘stlik va hayotning turli holatlari haqida kuylanadi. Ushbu qo‘shiqlar odatda chuqur ma'noli, hissiyotlarga boy va o‘z so‘zlari bilan tinglovchining qalbiga yetib boradi.
Katta ashulaning xususiyatlari:
- Matnning uzunligi: Katta ashulalar boshqa xalq qo‘shiqlariga nisbatan uzunroq bo‘ladi. Unda ko‘plab baytlar, maqollar va hikmatli gaplar joy oladi.
- Mazmuni: Katta ashulalar ko‘pincha tarixiy voqealar, kechinmalar yoki hayotiy tajribalar haqida bo‘ladi. Ular orqali ona tilining go‘zalligi va xalqning madaniy qadriyatlari ifodalanadi.
- Ijro usuli: Katta ashulalar ko‘p hollarda o‘zbek klassik musiqasi elementlari bilan jonlantiriladi. Kuy va havolar bilan boyitilgan bo‘lib, mahoratli qo‘shiqchilar tomonidan ijro etiladi.
- Rol: O‘zbek madaniyatida katta ashula xalqning ma'rifiy va tarbiyaviy vositasi sifatida xizmat qiladi. Ular jamiyat hayoti, axloq-odob, qadriyatlar haqida o‘git beradi.
Katta ashulani ijro etish
Katta ashula qo‘shiqchisi o‘zining ovoz vazni, texnikasi va hissiyotini yaxshi nazorat qila olishi kerak. Bu janrda talqin va ritm muhim rol o‘ynaydi, chunki qo‘shiq so‘zlari tinglovchi qalbiga chuqur kirib borishi lozim.
Misol:
O‘zbek xalqining mashhur "Katta ashula" janriga kiruvchi qo‘shiqlaridan biri — "Jiyda" ashulasi. Unda hayotning siyosiy, ijtimoiy va ruhiy jihatlari o‘z ifodasini topgan.
Umuman olganda, katta ashula o‘zbek xalq musiqasining boy meroslaridan biridir va uni o‘rganish, eshitish hamda saqlab qolish madaniyatimizni rivojlantirishga xizmat qiladi.