KATRMER (QUATREMERE) ETENN MARK



KATRMER (QUATREMERE) ETENN MARK (1782.12.7 – Parij – 1857.18.9) -Fransuz sharqshunosi. Yozuvlar akademiyasi a’zosi, Ruan universiteti yunon adabiyoti professor (1815), kollej de Fransda som tillari hamda jonli sharq tillari maktabida fors tili professor (1819). Ibn Xaldun, Rashiduddin, Makriziy asarlarini ilmiy o’rganib, nashr ettirgan. Xrestomatiyasida Alisher Navoiyning “Muhokamat ul-lug’atayn” va “tarixi muluki Ajam”ini e’lon qilgan (1841). Katrmer bundan tashqari, Sharq mamlakatlari, ko’proq Misr tarixi, tarixiy geografiyasi va adabiyotiga oid asarlar muallifi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz