KATMAI



KATMAI — Aleut tizmasining shimol qismidagi harakatdagi vulkan. Alyaska yarim orolida. Balandligi 2047 metr. Andezit va dasitlardan tuzilgan. 1912 yil 6 iyunda portlash xarakteridagi kuchli otilish ro’y bergan; krateri o’rnida diametri 1,5 kilometr, chuqurligi 1200 metr bo’lgan ko’lli vulkan og’zi hosil bo’lgan. So’nggi marta 1921 yilda otilgan. Katmay milliy parki tarkibida. Yon bag’rining pastki qismi igna bargli va mayda bargli o’rmonlar, butazorlar, yuqori qismi tundra o’simliklari bilan qoplangan. Shimoliy-Sharqiy yon bag’rida muzliklar bor. Faunasi tarkibida Alyaska qo’ng’ir ayig’i; 150 turga mansub qushlar uchraydi. Turizm rivojlangan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz