KATLA



KATLA — Islandiya Janubdagi harakatdagi vulkan. Balandligi 970 metr. Bazalt lavalaridan tuzilgan. Mirdalsyyokyudl muzligining Janubiy-Sharqiy qismi bilan qoplangan. Muz ostidagi otilishlar muzning intensiv erishiga olib keladi va buning natijasida qo’shni hududlarni suv bosadi. Oqim katta miqdorda piroklastik materiallarni oqizib chiqarib, zandrlar ko’rinishida Katla atrofiga yoyadi. 10-asrdan boshlab 14 marta kuchli otilishlar kuzatilgan, ulardan so’nggilari 1918, 1934 va 1955 yillarda bo’lgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz