Katie Feenstra-Mattera
Katharen Rut Mattera (1982-yil 17-noyabrda tugʻilgan) — Amerikadagi kollejlardan birida basketbol boʻyicha murabbiy sifatida faoliyat olib borgan. Ayollar Milliy Basketbol Assotsiatsiyasining (WNBA) sobiq oʻyinchisi.
Mattera WNBA tarixidagi eng uzun boʻyli oʻyinchilardan biri hisoblanadi. Uning boʻyi 6 fut 7,5 dyuymdir (2,02 m).
Kollej yillari
Michigan shtatining Grand Rapids shahrida tugʻilgan Mattera Liberty universitetida oʻqiyotganda ayollar basketbol jamoasi mashxur oʻyinchilaridan biri boʻlgan. U uch karra Yilning eng yaxshi oʻyinchisi, Ueyd Trofi, Jon R. Vuden va Neysmit mukofotiga sazovor boʻlgan. Feenstra Liberty Universiteti va Katta Janubiy chempionat tarixidagi eng uzun bo‘yli oʻyinchi boʻlgan. U Liberty jamoasidagi faoliyatini NCAA tarixidagi ketma-ket mavsumlarda gol urish boʻyicha mamlakatda yetakchilik qilgan ikki oʻyinchidan biri sifatida yakunlagan.
Liberty statistikasi
WNBA karyerasi
Mattera dastlab Connecticut Sun jamoasi tomonidan 2005-yil 16-aprelda WNBA loyihasida jamoa safiga tanlab olingan, ammo tezda San-Antonio Silver Stars jamoasi oʻyinchisi Margo Dydek (WNBAdagi eng uzun oʻyinchi) bilan jamoalardagi oʻrinlarini almashtirishgan.
2005-yil 14-sentyabrda u WNBA All-Rookie jamoasi safiga qoʻshilgan.
2007-yil 22-fevralda u Rut Rayli evaziga Detroit Shock jamoasiga almashtirildi.
2008-yil 6-fevralda u Atlanta Dream jamoasi tomonidan kengayish loyihasida jamoaga tanlangan.
Murabbiylik karyerasi
2019-yil 5-noyabrda Mattera Liberty universitetida ayollar basketboli bo‘yicha murabbiy yordamchisi etib tayinlandi. Uning birinchi bosh murabbiylik ishi Cornerstone universitetida boʻlgan, u yerda olti yil ishlagan.
Shaxsiy hayoti
Feenstra 2008-yil 8-noyabrda Todd Matteraga turmushga chiqgan. Uning singlisi Meribet Anderson ham 1999-yildan 2003-yilgacha Liberty jamoasida basketbol oʻynagan.
Feenstra 17 (AQSh)/53 (Yevropa Ittifoqi) oʻlchamidagi erkaklar poyabzalini kiyib yurgan.
Shuningdek
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org