Kathy Baker




Katherine Whitton Baker (1950-yil 8-iyunda tug'ilgan) a merikalik aktrisa. Baker o'z faoliyatini teatrda boshlagan va 1983-yilda The Right Stuff dramatik filmida televedeniyedagi debyutini amalga oshiradi. U "Street Smart" (1987) filmidagi ijrosi uchun "Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa" nominatsiyasida Milliy kinotanqidchilar jamiyati mukofotiga sazovor bo'ladi. Baker shuningdek, Jacknife (1989), Edward Scissorhands (1990), The Cider House Rules (1999), Cold Mountain (2003), Nine Lives (2005), The Jane Austen Book Club (2007), Last Chance Harvey (2008), Take Shelter (2011), Saving Mr. Banks (2013), and The Age of Adaline (2015) kabi filmlarda ham rollar ijro etgan.

Yoshligi



Baker Midland (Texas shtati)da tug'ilgan. U New Meksikoda geolog va o'qituvchi bo'lib ishlovchi John Seawand Baker va uning fransuz rafiqasi Helene Andree (qizlik familyasi: Whitton)ning qiz bo'lib tug'ilgan. U Californianing Millbrae shahridagi Mills o'rta maktabida tahsil olgan. 1968-yilda ushbu ta'lim dargohini bitirgan. Uning dramaturgiya bo'yicha o'qituvchisi Allen Knight professional aktrisa bo'lish istagiga katta ta'sir ko'rsatadi. U Boston universiteti qoshidagi Tasviriy san'at maktabining aktyorlik dasturida tahsil olgan va 1970-yillarning boshida California San'at institutida aktyorlik mahoratini o'rgangan. Keyinchalik u 1977-yilda Berkeley universitetida fransuz tili bo'yicha bakalavr darajasiga erishadi.

Faoliyati



Baker o'zining aktyorlik faoliyatini San-Franciscodagi Magic Teatrda boshlagan. Ed Harris bilan birgalikda Broadwaydagi Fool for Love (1983) spektaklida tanaffus qilishidan oldin Sem Shepardning bir qancha spektakllarida rol o'ynagan. Bu roli uchun u Obie mukofotiga sazovor bo'lgan. Xuddi shu yili u "The Right Stuff" dramatik filmida Alan Shepardning rafiqasi Luiza Shepard rolini ijro etadi. Keyinchalik u "Street Smart" (1987) filmida fohisha rolini hamda "Clean and Sober" (1988) filmida sog'ayib ketgan piyonista va uydagi zo'ravonlik qurboni roli orqali dramatik spektakllarda o'zini namoyom etadi.

Baker, shuningdek, Netflix seriyali The Ranchda Ashton Kutcher va Elisha Cuthbert bilan birga paydo bo'lgan.

Shaxsiy hayoti



U 2003-yilda turmushga chiqqan ikkinchi turmush o'rto'gi, rejissor va produser Steven Robman bilan Janubiy Californiada yashaydi. Uning birinchi turmush oʻrtogʻi Donald Camillieridan oʻgʻil va qiz farzandalari bor.

Filmografiyasi



Filmlarda




Televizion rollari




Mukofotlar va nominatsiyalar




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz