Kathy Acker
Kathy Acker (1947-yil 18-aprel – 1997-yil 30-noyabr) amerikalik romannavis, dramaturg, va yozuvchi boʻlib, bolalikdagi travmaga bagʻishlangan oʻziga xos asarlari bilan tanilgan. Unga fransuz tanqidiy nazariyasi, tasavvuf, pornografiya, hamda klassik adabiyot katta taʼsir oʻtkazgan.
Biografiyasi
Bolalik va yoshlik yillari
Uning oilasi badavlat boʻlib,
madaniy jihatdan kelib chiqishi nemis-yahudiy boʻlsa-da, dini yahudiy emas edi. Uning otasi tomonidan buvisi Florens Vayl avstriyalik yahudiy boʻlib, erining qoʻlqop tikish biznesidan kichik boylik meros qilib olgan. Ackerning bobosi va buvisi Birinchi jahon urushi oldidan Elzas-Lotaringiyadan siyosiy surgun qilingan.
Taʼlimi
Acker Upper East Sidedagi qizlar uchun xususiy maktab – Birch Wathen Lenox maktabida oʻqidi. Brandeis universitetida klassikani oʻrgandi. 1966-yilda u Robert Ackerga turmushga chiqdi va uning familiyasini oldi. Robert Acker polsha-yahudiy muhojirlarining oʻgʻli edi. Uning onasi va oʻgay otasi oʻgʻlini badavlat insonga uylanishini xohlashgan edi va ularning nikohi uzoq davom etadi deb oʻylashmagan.
Kathy roman yozishga qiziqib qoladi va turmush oʻrtogʻi Robert bilan Kaliforniya universitetiga, San-Diegoga oʻqishga keladi, u yerda David Antin, Eleanor Antin va Jerome Rothenberg kabi ustozlardan tahsil oladi. U 1968-yilda bakalavr darajasini olgach, Nyu-Yorkka koʻchib oʻtadi. Nyu-York shahar kollejida yunon tiliga ixtisoslashgan klassika boʻyicha ikki yillik aspiranturada tahsil oladi, ammo aspirantura diplomini ololmadi. Nyu-Yorkdagi faoliyati davomida u kotib va porno ijrochi sifatida ishlagan.
Oxirgi yillari va vafoti
1996-yil aprel oyida Ackerga ko'krak bezi saratoni tashxisi qoʻyildi. 1997-yil yanvar oyida u Guardian gazetasining „Kasallik sovgʻasi“ („The Gift of Disease“) maqolasida anʼanaviy tibbiyotga boʻlgan ishonchini yoʻqotganligi haqida yozgan.
Oradan bir yarim yil oʻtgach, Acker 1997-yil 30-noyabrda 50 yoshida Tijuana saraton klinikasida saraton kasalligining asoratlari tufayli vafot etdi
Manbalar
uz.wikipedia.org