Katherine Schwarzenegger




Ketrin Shvartsenegger Pratt — amerikalik yozuvchi. U oʻz-oʻzini rivojlantirish , kechirimli boʻlish va kollejdan keyin oʻz yoʻlini topish kabi mavzularda uchta kitob yaratgan; U, shuningdek, it asrab qolish haqida bolalar uchun kitob yozgan. Shvarzsenegger Arnold Shvartsenegger va Mariya Shriverning to'ng'ich farzandi. Ona tomondan Shvarzneger Kennedi oilasiga borib taqaladi. U AQSH ning sobiq prezidenti Jon Kennedi va senator va sobiq prezidentlikka nomzod boʻlgan Robert Kennedi va Ted Kennedilarning nabirasi hisoblanadi

Erta hayot va oila



Shvartsenegger asli avstriyalik aktyor va siyosatchi Arnold Shvartsenegger hamda jurnalist va yozuvchi Mariya Shriverning toʻngʻich farzandi. U onasi tomonidan bobosi va buvisi Yunis va Sargent Shriver orqali kelib chiqishi irland va nemis. Uning buvisi prezident Jon Kennedining singlisi bo'lgan, bobosi esa AQShning Fransiyadagi elchisi va 1972-yilgi saylovlarda Demokratik partiyadan AQSh vitse-prezidenti lavozimiga nomzod bo'lgan.

Uning singlisi va ikki ukasi, jumladan Patrik bor. Bundan tashqari oʻgay ukasi ham bor

Karyera va advokatlik




2010-yilda u " Oʻzingizda bor narsani qo'ying: oldingizdagi va orqangizdagi odamning ichki va tashqi goʻzalligini sevish sirlari " nomli kitob yozdi. Unda Shvartsenegger o'zining shaxsiy sayohatini tasvirlab beradi va boshqa yosh ayollarni o'ziga ishonch va ijobiy imijga erishishga undaydi. U to'rtinchi va yettinchi sinflar orasida tana koʻrinishi bilan bog'liq muammolarga duch kelgan, ammo hozir oʻzining jismoniy va aqliy salomatligini mashqlar va yoga orqali nazoratda tutadi

2012-yilda Janubiy Kaliforniya universitetini tamomlagandan so'ng keyingi ishi nima boʻlishini bilmas edi. Shvartsenegger turli odamlardan, xususan, sportchilar, qo'shiqchilar, tadbirkorlar va aktyorlardan karyera bo'yicha maslahat oladi. Va boshqalardan olgan maslahatlarini oʻzining ikkinchi kitobida jamladi - "Men universitetni bitirdim... Endi nima qilaman?- va ushbu kitob 2014-yilda kollej bitiruvchilari uchun " uchun qo'llanma" sifatida chiqarilgan.

2017-yilda Shvartsenegger “ Maverik va men ” nomli bolalar uchun kitob yozdi. Kitob oʻzining omon qolishi va iti Marverikning asrab olinishi haqida hikoya qiladi. Kitobda o'z tajribasidan kelib chiqib "asrab oluvchi"lik, uy hayvonlarini asrab olish va qutqarishning afzalliklari haqida hikoya qiladi. 2019-yilda u Pedigree bilan hamkorlik qilib, itlarni asrab olish muhimligini muhokama qiladigan cheklangan seriyali eshittirishni o'tkazdi.

" Kechirimlilik tuhfasi: kechira olmaslikni yengib o'tganlarning motivatsion hikoyalari" kitobi Shvartseneggerning kechirimlilik haqidagi hikoyalar to'plamidan iborat so'nggi kitobidir. Kitobda Elizabeth Smart va Tanya Braun (Nikol Braun-Simpsonning singlisi) kabi 22 kishining hikoyalari mavjud.

Shvartsenegger Amerika hayvonlarga nisbatan tajovuzning oldini olish jamiyati elchisi va shu bilan birgalikda "Hayvonlarning eng yaxshi doʻstlari jamiyati"ni qoʻllab-quvvatlaydi.

Shaxsiy hayoti



Shvartsenegger 2018-yilda aktyor Kris Pratt bilan uchrashishni boshlaydi. Ular yanvar oyida unashtirilganliklarini e'lon qilishdi va 2019-yil iyun oyida turmush qurishdi Hozirda baxrli oilaning ikki qizi bor, biri 2020-yil avgustda, ikkinchisi 2022-yil may oyida tug'ilgan

Adabiyotlar roʻyxati




Manbalar




Qoʻshimcha havolalar




Andoza:Kennedy family

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz