Katherine Bailess




Katherine Bailess (1980-yil 24-aprelda tugʻilgan) — amerikalik aktrisa, qo'shiqchi va raqqosa. CW telekanalining „One Tree Hill“ serialida Erica Marsh, Gilmore Girls serialidagi „Life and Death Brigade“ aʼzosi Stephanie rolini va VH1 seriali Hit the Floorda Kyle Hart rolini ijro etgani bilan mashhur.

Yoshligi



Bailess Missisipi shtatining Vicksburg shahrida Natalie va Bobby Bailess oilasida tugʻilgan. Uning otasi advokat, Missisipi universitetidagi Ole Miss Rebels futbol jamoasining sobiq himoyachisi edi. U 4 yoshida klassik raqs bilan shugʻullana boshlaydi. Shuningdek, u bolaligida gimnastika va quvnoq musobaqalarda ham qatnashgan. 11 yoshida Bailess televidenie orqali MIss Missisipi tanlovida raqqosa sifatida ishtirok etadi va 7 yil davomida tanlovda qatnashishni davom ettiradi. U New Yorkdagi Broaadway raqs markazida va Floridadagi Ann Reinkingning Broadway teatr loyihasida raqsni oʻrganish uchun stipendiyalarni qoʻlga kiritadi. St. Francis Xavier monastiri maktabida, keyinroq St. Aloysius Catholic High Schoolda tahsilni davom ettiradi va uni 1998-yilda tamomlaydi. Marymount Manhattan kollejiga borishdan oldin u musiqali teatr va raqsni oʻrgangan. Kollejdan soʻng Bailess William Esper studiyasining ikki yillik intensiv dasturida oʻqishni davom ettiradi.

Faoliyati



Bailess 2003-yilda suratga olingan „From Justin to Kelly“ filmida Alexa rolini hamda Universalning 2004-yilda suratga olgan „Bring It On Again“ filmida Colleen Lipman rolini oʻynagan. Uning televizion shartnomalari orasida mashhur WB shoulari boʻlmish Gilmore Girls va One Tree Hill shoularida takrorlanadigan rollari mavjud. Katherine shuningdek, Fox suratga olgan The Loopda, Sordid Lives serialida va NCISda ham mehmon rollarni ijro etgan. Bailess Julia Fauler tomonidan yozilgan va rejissorlik qilingan „Shit Southern Women Say“ YouTube komedik serialida ham rol oʻynagan.

U „Elle: A Modern Cinderella Tale“ filmida hamkorlik qilgan. Bailess „The Luv' (The Bounce)“, „Wish Upon a Star“, „Thatʼs the Way Way It like it“ va „Brighter Star“ treklarida From Justin to Kelly saundtrekida ham ishtirok etgan. 

Bailess VH1 ssenariysi bilan yozilgan Hit the Floor serialida Kyle Hart rolini ijro etgan.

Filmografiyasi



Filmlarda




Televizion rollari




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz