Katharina Althaus
Katharina Althaus — (1996-yil 23-mayda tugʻilgan) 2011—2012-mavsumdan buyon Jahon kubogi darajasida ishtirok etuvchi nemis changʻisi hisoblanadi. U 2017—2018-yilgi mavsumda umumjamoa hisobida ikkinchi oʻrinni egallagan va 2018-yil va 2022-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida yakkalik bahslarida kumush medallarni qoʻlga kiritgan. Sportchi jamoaviy bahslarda toʻrt karra jahon chempioni unvoniga sazovor boʻlgan.
Faoliyati
Althaus 2011—2012-yilgi mavsumda jahon chempionati musobaqalarida debyut qilgan. Dastlabki natijalar qoniqarli oʻrinlar bilan kifoyalangan. Katharinani germaniyalik jamoadoshlari Karina Vogt, Richard Freytag va Severin Freund bilan Falunda boʻlib oʻtgan 2015-yilgi Shimoliy changʻi jahon chempionatida changʻida sakrash boʻyicha aralash jamoaviy jahon chempioni boʻlgan. 2017-yilning 12-fevralida Lyubnoda jahon chempionatidagi ilk gʻalabasini qoʻlga kiritgan.
2022-yil fevral oyida Pekinda boʻlib oʻtgan XXIV Qishki Olimpiya oʻyinlarida, 2022-yil 5-fevraldagi musobaqaning birinchi kunida Katarina oʻrta balandlikka sakrash boʻyicha yakka tartibli bahslarda Olimpiya kumush medalini qoʻlga kiritgan.
Oʻzining ajoyib uslublari bilan va shu qatori bir nechta oltin medalli gʻalabalari bilan tarixga kirgan Katharina judayam trishqoqligini va oldiga qoʻygan maqsalariga mehnat evaziga erisha olish mumkinligini ham isbotlagan.
Ayniqsa 2019-yilgi XCHF changʻidan sakrash Jahon chempionatida hamma yoʻnalish boʻyicha shohsuppaga koʻtarilib Germaniya bayroginiyuqori oʻrinlarda turishiga sababchi boʻlgan. Yangi 2022—2023-yilgi mavsumga tayyorgalik koʻrayotgan Althaus shohsuppasiz oʻtmaydigan bahslar boʻladi-deb radio suhbatlarda qizgʻin interyu bergan.
Jahon chempionati natijalari
Jahon chempionati
Turnir jadvali
Manbalar
uz.wikipedia.org