Kateryna Gornostai




Katerina Gornostay (ukraincha: Катерина Горностай; 1989-yil 15-martda tugʻilgan) ukrainalik kinorejissor, ssenariynavis va kino muharriridir. U 2014-yildan beri Wiz-Art kinofestivalining hakamlar hayʼati aʼzosi va 2017-yildan Ukraina kino akademiyasining aʼzosi.

Tarjimayi holi



Katerina Gornostay 1989-yil 15-martda Volin viloyatining Lutsk shahrida tugʻilgan. U psixoterapevtlar Svetlana Vaskivska va Pavel Gornostayning yagona farzandi.

Taʼlim



Dastlab, Katerina Kiev-Mogila akademiyasi Milliy universitetida biologiya (2010-yil) va keyin jurnalistika (2012-yil, MD) fakultetida tahsil oladi. 2012-yil oktyabridan 2013-yil noyabrigacha Moskvadagi Marina Razbejkina va Mixail Ugarovlarning hujjatli filmlar va teatr maktabini tamomlab, uyiga Kievga qaytadi.

Kino karyerasi



Katerina Gornostay oʻz faoliyatini 2012-yilda hujjatli film rejissori sifatida boshlagan. Hozirda u ilmiy hujjatli filmlar olish bilan bir qatorda oʻzining hujjatli va badiiy film loyihalari ustida ishlamoqda. Katerina, shuningdek, Kiev-Mogila akademiyasining jurnalistika maktabida hujjatli film yaratishdan dars beradi. U badiiy filmlar va gibrid shakllar bilan tajriba oʻtkaza boshladi. Uning estetikasi va hayotni sunʼiyliksiz yetkaza olishi kino tanqidchilarining eʼtiborini tortdi.

Filmografiya




Mukofotlar




Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz