Kater




Kater (ing . carter) — suv sigʻimi kichik (10 dan 400 t gacha), yurish tezligi 70 uzel (130 km/soat) gacha boʻlgan yordamchi yoki jangovar kema. K. korpusidagi suv osti qismining tuzilishi boʻyicha killi, chiqiqli yoki chiqigʻi boʻlmagan yassi tubli K. lar; harakatlanish tarzi boʻyicha suv sigʻimli, glissirlanuvchi (suv betida sirganuvchi), suv osti qanotli va havo yostikli; dvigatelining turiga koʻra, motorli, gaz-turbinali, yelkan-eshkakli K.lar bor. K. harbiy-dengiz flotida jangovar va yordamchi kemalar sifatida qoʻllaniladi. Zamonaviy jangovar K.ning raketa va zambarak oʻrnatilgan, torpedali, qoʻriqchi, minaga qarshi, desant va b. turlari bor.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz