Kate Upton
Katherine Elizabeth Upton (talaffuzi: Ketrin Elizabet Apton; 10-iyun 1992-yilda tugʻilgan) amerikalik aktrisa va modeldir. U ilk bor 2011-yilda Sports Illustrated jurnali tomonidan nashr etiladigan Sports Illustrated Swimsuit Issueda koʻrinish bergan hamda 2012-, 2013- va 2017-yillarda jurnalning bosh muqovasidan joy olgan. Shuningdek, u Vanity Fair jurnalining 100 yilligiga bagʻishlangan sonining bosh sahifasidan ham joy olgandir.
Upton Tower Heist (2011), The Other Woman (2014) va The Layover (2017) filmlarida rol ijro etgan sanaladi.
Hayoti
Upton Michigan shtatining St. Joseph shahrida tugʻilgan. Uning onasi Shelley Upton (qizlik familiyasi Davis) boʻlib, tennis boʻyicha sobiq Texas shtati chempioni boʻlgan. Otasi Jeff Upton esa oʻrta maktab direktori boʻlgan. Uning amakisi — AQSh vakili Fred Upton. Shuningdek, Uptonning katta bobosi Frederick Upton asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchi va Whirlpool Corporation nomli shirkat hamasoschisi boʻlgan.
Filmografiyasi
Film
Televideniye
Video kliplar
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org